Barmoqlar haqiqati

Muzrob Raxmatov
Саралаш

Qo'limga qarab turib, undagi barmoqlar joylashuvidan miyamga bir fikr o'rnashib oldi. Uni e'tiborimdan soqit qilish uchun o'sha fikrni hozir sizga aytmasam, halovat topmaydigandayman nazarimda. Ijodkor odamlarda bo'ladigani kabi menda ham o'ylab turgan narsamni tezroq kimgadir yetkazish istagi kuchli. Garchi yozganlarimdan hech qanday ma'no chiqmasada, har holda buni birinchi men yozgan inson sifatida nom qoldiraman. Ehtimol, bu haqida yana boshqa birov ham yozgandir, lekin bu narsa meni yozish istagidan bir lahza ham to'xtata olmaydi. Shunday qilib qo'limga qarab turib undagi barmoqlar joylashuvidan miyamga quydagi fikr o'rnashib oldi:

  Inson barmoqlarining joylashuvi o'z holicha bu tartibda emas. Umuman, deyarli ko'pgina hayvonlarda xuddi shunday tartib ko'zga tashlanadi. Musulmon dinida o'ng taraflilik farishta izmidadir deyilgan. Ya'ni biz uydan ishga otlanganimizda avvalo o'ng oyoq bilan ostona xatlaymiz. Ustimizga kiyim kiyayotganimizda buni o'ng taraf bilan boshlaymiz. Qur'on kitobi ham arab yozuvi bilan o'ngdan chapga qarab yozilgan. Xullas, o'ng qismimiz halollik, chap qismimiz haromlik belgisi sifatida qayd etilib kelinadi. Shunday ekan men hozir sizga miyamdagi firkni yetkazayotgan va siz uni qabul qilayotgan vaqtingizda o'ng qo'lingiz va barmoqlaringizga diqqatingizni qarating.

O'ng qo'lingizdagi birinchi barmoq kichkinadan boshlangani bejiz emas. Bu sizning bolalik davringizdir. Bu davr bir yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan yillaringizni o'z ichiga oladi. Barmoqning kichikligi va ojizligi, hech qanday ishga deyarli yaramasligi bilan sizning bolaligingizga mos keladi. Endigi barmog'ingiz esa o'spirinlik davringizdir. Bu davr yoshini sakkiz yoshdan o'n olti yosh deb bemalol olishimiz mumkin bo'ladi. Uning yurak bilan bog'liqligi haqida ko'p eshitganmiz. Bu bekorga aytilgan cho'pchak emas. Biz aynan shu davrda ko'p hodisalarning, his-tuyg'ularning asl mohiyatini anglab yetamiz. O'rtancha barmoq barcha barmoqlarning o'z vazifani o'rinli bajarishida ko'makchi hisoblanadi. U qolganlariga nisbatdan deyarli ko'rkam va baqquvat. Yosh jihatdan olib qaraydgan bo'lsak, o'n yetti yoshdan qirq yoshgacha bo'lgan uzoq davringizni ifodalaydi. Keyingisi ko'rsatgich barmoq. Qirq yoshdan to pensiya yoshiga qadar inson biron mansabni egallab turgan bo'ladi va buyruqbozlikka o'ch davr hisoblanadi. Bundan tashqari ham bu barmoqning o'ziga yuklatilgan vazifasi juda ko'p bo'ladi. Ayrim odamlarda ko'rsatkich va ikkinchi barmoqning uzunlik hajmi bir-biridan farq qiladi. Bu shundan dalolatki, inson o'spirinlik davrida qanday shakllangan bo'lsa, u qirq yoshida xuddi shu tiklangan shaklida hayot kechiradi. Hattoki biroz bosiqlik, vazminlik ko'zga tashlanadi. Hali bu borada tajriba o'tkazmadim. Keyingi mulohazalarimda yana boshqatdan fikr yuritarmiz. Hozir chalg'imay turaylik. Navbat eng oxirgi bosh barmoqqa. Bu barmoq boshqalariga qaraganda biroz qartaygan, bo'yi past bo'ladi, lekin qo'lingizni musht qilganingizda barcha qolgan barmoqlar uning ostida qolib ketadi. Chaqaloqlarda kuzatgan bo'lsangiz, bu holat aksincha yuz beradi. Buning ma'nisi shuki, inson qariganida umrini sarhisob qilishga tushadi. Tarqab ketgan xotira siniqlarini bir yerga yig'ishga tirishadi. O'tgan umriga nazar soladi. Inson oltmishdan o'tib keyin ajal haqida o'ylab, o'limning muqarrar hodisa ekanligini tan oladi. Shuning uchun qo'lini musht qilganida boya aytganimday u barcha barmoqlarni o'z ostida qoldiradi. Bu umrim payoniga yetdi degan ma'noni anglatmasmikan.

Tamom

3.37 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.37 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 6

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Бахтиёр Шералиев 18/04, 06:09
4 Расул Кушербаев 20/04, 22:55

Qoyil, yaxshi topqirlik

4 Мансур Тангишов 21/04, 21:44

Maqola o‘ziga xos yo‘nalishda farazlarni ifodalash yo‘li bilan yoritilgan, agar maqoladagi faraz aynan shu maqolani yozgan odamning o‘ziga tegishli bo‘lsa, unda haqiqatda juda chiroyli mazmun hosil qilingan.

2 Давронбек Тожиалиев 22/04, 21:57

Блогпостда мен учун ўзига тортадиган жиҳат топилмади (албатта, ҳар бир инсоннинг ўз кўз қараши бўлади; шунга кўра баҳо шахсийдир). Имло ва услубият бўйича ҳам озроқ ишланг. Яхшироқ ва фойдалироқ мавзуларда блогпостлар кутаман.

4 Тўлқин Юсупов 24/04, 10:42

Imlolar ustida ishlang. Blogpostni to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rganib olsangiz, shuncha chiroyli chiqadi.

3 Мақсуд Саломов 24/04, 18:13

Postdan nimadir oldim deb ayta olmayman. Mavzuda faqatgina nisbatan originallik bor.

3 Нодир Закиров 24/04, 20:31

Ҳикоя ёзиш қобилиятингиз, фикрлаш жараёнингизни ёзма ифода эта олишингиз яхши. Стилистика ёки ёзиш услубингизни ривожлантиринг. Жуда узун абзацлар ёзманг. Бир фикрни тугатиб, иккинчисига ўтганда янги абзац қўлланг. Айрим фикрларингизни ёзиб бўлиб, эртасига ташқаридан нигоҳ солинг. Шунда ёзганларингизни яхшироқ танқид/таҳрир қила оласиз.

3.5 Қаҳрамон Асланов 26/04, 12:39

Биринчи абзац учун баҳони оширдим

5 Абдумалик Носиров 26/04, 12:42

Менга муалифнинг фикрлари ёқди. Ёзиш усулиби юқори бўлмасада мен айнан фикрлар учун юқори бахони бердим.

3 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 20:39
2 Музаффар Назаров 29/04, 16:28

Блогпост нима ҳақида эканини рости тушунмадим. Абзацлар жуда узун ёзилган, охирини ўқигунингча боши эсдан чиқиб кетади.

3 Иноят Садикова 30/04, 14:44

Fantaziyangizga qoyil! - bunday fantaziya bilan ta'kidlovchi, real qabul qilishga undaydigan blogpost emas, birorta fantastika janri yozsangiz to'g'riroq bo'lar edi.

3 Ботиржон Шерматов 05/05, 17:56
4 Шерзод Шерматов 10/05, 03:24
2 Беҳзод Қобулов 14/05, 19:17

Аввал ҳам айтилган, оғиздан оғизга ўтиб юрган гап бу.

3 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05, 01:11
4 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:58
3.5 Нигора Умарова 19/05, 16:30
4 Умид Гафуров 20/05, 18:33
3.5 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:35
5 Адҳам Отажонов 21/05, 16:47
3.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 18:14
3.5 Шунқор Чориев 21/05, 21:10
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
12 та фикр